Uels klubidan 141 ochko olib tashlandi

Mirjalol Normatov
12 dek 2023, 23:50
Uels moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan "Pontipridd" klubi jiddiy jazolandi.

Futbolchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirishda klub belgilangan normalarni chetlab o'tgan.

Shu sababli "Pontipridd" klubi 18ta punkt bo'yicha aybdor deb topildi va 141 ochkodan mahrum qilindi.

Klubning 6 ochkosi ushbu mavsumdayoq olib tashlangan bo'lsa, qolgan 135 ochko uchun navbatdagi mavsumdan "to'lov" qilishni boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports News