U-17 Jahon chempionati. O'zbekiston 1/8 finalga chiqsa asosiy himoyachimiz maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2025, 21:06
Ayni paytda U-17 Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Xorvatiya - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvning 10-daqiqasida O'zbekiston himoyachisi Muhammad Hakimov sariq kartochka oldi.

U Paragvayga qarshi bahsda ham ogohlantirish olgandi. Shu bois Hakimov agar O'zbekiston keyingi bosqichga chiqsa 1/8 finalda maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumot uchun, Xorvatiya - O'zbekiston o'yini g'olibi Italiyaga qarshi maydonga tushadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia