Tyuramning o'g'li Germaniyaga ketmoqchi

Alisher
17 iyul 2019
"Gengam" yarim himoyachisi Markus Tyuram klubini o'zgartirmoqchi.

Mashhur futbolchining o'g'li Myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga o'tishni xohlamoqda.

Vingerning narxi 20 million evro atrofida baholamoqda. Uning transferi yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Tyuram yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 1ta assistga erishgan.

21 yoshli futbolchi "Gengam"dan oldin "Sosho" klubida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe