Tyuramning o'g'liga uchta klub qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2019, 15:45
"Lion", "Marsel" va Dortmundning "Borussiya" klubi "Gengam" hujumchisi Mark Tyuramga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya va Germaniya klublari futbolchini yozda sotib olish yo'llarini ko'rib chiqishmoqda. "Gengam" yangi bosh murabbiyi Patris Leyrning so'zlariga ko'ra, forvardni jamoada saqlab qolish qiyin bo'ladi, chunki klub Liga 1ni tark etdi.

21 yoshli Tyuram afsonaviy fransiyalik himoyachi Lilian Tyuram o'g'li hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u Liga 1ning 32ta uchrashuvida maydonga tushdi va 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Top Mercato