Tyuram 23 yil o'tib Fransiya chempionatida gol urdi

11 sen 2017, 01:31
Fransiya terma jamoasi safida Jahon va Yevropa chempioni Lilian Tyuramning o'g'li, “Gengam” hujumchisi Marku Tyuram Fransiya chempionatida o'zining ilk golini kiritdi.

20 yoshli forvard mamlakat chempionatining 5-turida “Lion”ga qarshi bahsning 71-daqiqasida darvozani ishg'ol etdi.

Tyuramning o'g'li oradan 23 yil, 6 oy va 22 kun vaqt o'tib otasidan keyin Fransiya chempionatining yuqori divizionid gol urishga erishdi, deya xabar bermoqda L'Équipe.

Lilian Tyuram Fransiya chempionatidagi ilk golini 1994 yilning 19 fevralida “Monako” safida kiritgan.



Manba: L'Équipe