QPL. "Turon" o'z uyida "Tobol"ga mag'lub bo'ldi, mezbonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi

Alisher Ostonov
25 may 2025
QPL 10-tur doirasidagi "Turon" - "Tobol" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs "Tobol"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Islam Chesnokov (36) va Aleksandr Zuevning (74) gollariga 83-daqiqada "Turon" vakili Kuanish Duysenbekuli aniq zarbasi bilan javob berdi.

Mezbonlar safida Odil Abdumajidov, Shaxboz Umarov (78-daqiqada zaxiraga olindi) va Xurshid Muxtorov o'yinni asosiy tarkibda boshladi, Behruz Asqarov esa qaydnomada yo'q edi.

Xurshid Muxtorov 5-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia