

Eslatib o'tamiz, hal qiluvchi bahsda turklar Kosovo terma jamoasini (1:0) mag'lub etib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
"Bu tariflab bo'lmas hissiyotlar! Menimcha, men Turkiyani yirik xalqaro turnirga olib chiqqan birinchi chet ellik murabbiy bo'ldim. Bundan juda faxrlanaman! Futbolchilar maydonda borini berishdi va vazifani bajarishdi. Endi biz go'zal yo'limizda birga davom etamiz.
Futbolda hamma Jahon chempionatini orzu qiladi. Biz bu haqda jamoa bilan gaplashgandik. Orzuimiz amalga oshdi, biz baxtlimiz. Jahon chempionati - bu eng yuqori cho'qqi. Ushbu voqealarni birgalikda boshdan kechirishni intiqlik bilan kutyapmiz. Bu muvaffaqiyatga hamma - personal, rahbariyat va futbolchilar katta hissa qo'shdi. Barchaga rahmat!" - deya Montellaning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Turkiya terma jamoasi uzoq kutilgan Jahon chempionatiga qaytmoqda va muxlislar Montella shogirdlaridan AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida yuqori natijalar kutishmoqda.



