Turkiya. Otabek Shukurov jamoasi mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2023, 20:00
Turkiya Superligasining 32-turida "Fatix Karagumruk" "Antalyaspor"ni qabu qildi.

Hamyurtimiz o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 81-daqiqada Kozim-Richardsga almashtirildi. Mehmonlarning 21-daqiqada Dogukan Sinik tomonidan urgan goli "Fatix Karagumruk"ni ochkosiz qolishiga olib keldi.


"Fatix Karagumruk" - "Antalyaspor" 0:1

Gol: Dogukan Sinik 21.

"Fatix Karagumruk": Batuxan Sen, Dreshevich, Biraski, Merjan, Baniya, Bertolachchi (Lyayich 67), Ozdoev, OTABEK SHUKUROV (Kozim-Richards 81), Lobjanidze (Kolli 68), Diane, Borini (Feguli 81).

Ogohlantirish: Bertolachchi 59.


TURKIYA CHEMPIONATI TURNIR JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia