Transfermarkt. "Navbahor" Vanya Ilichni qanchaga sotib olgani ma'lum

Khoja
14 yanv 2026, 08:02
Kecha "Navbahor" Vanya Ilichning transferini e'lon qildi.

Transfermarkt nashrining ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining transferi namanganliklarga 250 ming evroga tushgan. Aynan shuncha mablag'ni "Navbahor" vinger uchun "Radnichki" klubiga to'lagan.

Eslatib o'tamiz, Vanya Ilich faoliyati davomida Serbiyaning “Rad” (Belgrad, 2018-2020 yillar), “OFK Jarkovo” (Belgrad, 2021-2022 yillar), “Radnichki” (Nish, 2021-2022,2023-2025 yillar),“Kolubara” (Lazarevas, 2022-2023 yillar) jamoalarida o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum, Serbiya Superligasida 19 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgandi.


KhojaMuallif
Manba: transfermarkt