

"Sietl va San-Franciskoni nima qilayotganini bilmaydigan aqldan ozgan chap qanot odamlari boshqaradi. Biz Chikago, Memfis va boshqa shaharlarga boramiz. U erlar xavfsiz bo'ladi. Agar u erlarni xavfli deb qaror qilsam, uchrashuvlarni boshqa shaharga ko'chiramiz", – dedi Tramp.
AQSH prezidenti turnir oldidan bunday choralar ko'rilmasligiga umid bildirdi.
"The Athletic" nashrining yozishicha, Tramp o'yinlarni biron bir shahardan ko'chirish vakolatiga ega emas, biroq u FIFA prezidenti Janni Infantino bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada.
Futbol bo'yicha JCH 2026 yilning 11 iyundan 19 iyuliga qadar uchta davlatda: AQSH, Kanada va Mekcikada bo'lib o'tadi. Amerikaning 11 shahri turnirga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.



