"Tottenxem" vice-sardori uzoq muddatga safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023, 18:36
"Tottenxem" va Argentina termasi markaziy himoyachisi Kristian Romero tizzaosti mushaklarida jarohat aniqlangan.

Futbolchi APLning 18-turida "Everton"ga qarshi uchrashuvda (2:1) jarohat olib, maydonni ertaroq tark etgandi. Romero kamida bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqida londonliklar ustozi Ange Postekoglu ma'lum qildi.

Romero tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning tizzaosti mushaklarida muammo aniqlandi. Katta ehtimol, Kristian to'rt-besh hafta maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsum Romero APLning 15 o'yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta kartochka (4 sariq + 1 qizil) ishlab oldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com