

Qimmatga tushgan mutaxassis: Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "shporlar" Daniyalik mutaxassisni "Brentford"dan sotib olish uchun 12 million evro tovon puli to'lashgan edi. Biroq Frankning London grandidagi faoliyati atigi olti oy davom etdi.
Iste'foga nima sabab bo'ldi?
- Kecha APL doirasida o'z uyida "Nyukasl"ga qarshi kechgan bahsdagi mag'lubiyat (1:2) rahbariyatning sabr kosasini to'ldirdi.
- Ayni damda "Tottenxem" turnir jadvalida ayanchli 16-o'rinni egallab turibdi.
- Jamoani xavfli hududdan (Chempionshipga tushib kyetish zonasidan) atigi 5 ochko ajratib turibdi.
Daniel Levi endi kimni jamoaga olib keladi? "Shporlar"ni bu botqoqdan kim qutqarib qoladi? Kuzatishda davom etamiz.



