"Tottenxem" "Sporting" futbolchisi Palinyaga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
4 may 2022, 17:22
"Tottenxem" oy so'nggiga qadar "Sporting" yarim himoyachisi Joau Palinyaning xaridi bo'yicha taklif bermoqchi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Antonio Kontega 26 yoshli futbolchi yoqadi va mutaxassis uning transferiga qiziqmoqda.

Oldinroq, Palinyaga "Manchester Yunayted" va "Atletiko" qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Yarim himoyachi "Sporting" tarkibida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Jornal de Noticias