"Tottenxem" Postekogluni iste'foga chiqaradi, uning o'rniga asosiy nomzod ma'lum

Alisher Ostonov
1 iyun 2025, 20:25
"Tottenxem" Ange Postekogluni iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

"Brentford"da ishlayotgan Tomas Frank Postekogluning o'rniga favorit sifatida tilga olinmoqda.

Postekoglu 2023 yildan buyon "Tottenxem"ni boshqarmoqda. Londonliklar mavsumni APLda 17-o'rinda yakunladi, ammo Yevropa Ligasida g'alaba qozonib, 2008 yildan beri ilk sovrinni qo'lga kiritdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/sachatavolieri