"Tottenxem" hujumchisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2017, 20:45
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Milluol"ga qarshi Angliya Kubogining chorak final uchrashuvida jarohat oldi.

23 yoshli ingliz bahsning ilk daqiqalarida oyog'ini shikastlab oldi va 10-daqiqada Kristian Eriksen uning o'rniga maydonga tushdi.

Keyn joriy mavsumda "Tottenxem" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com