

"Tottenxem"ning APLdagi g'alabasiz seriyasi 13 ta o'yinga etdi. Bugun londonliklar 31-tur doirasida o'z maydonida "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
So'nggi g'alaba 28 dekabr kuni "Kristal Pelas" ustidan (1:0) qo'lga kiritilgan edi. O'shandan beri londonliklar 8 marta mag'lubiyatga uchrab, 5 bor durang o'ynashdi. Jamoa 17-o'rinda bormoqda - xavfli zonadan atigi bir ochko uzoqlikda.
Igor Tudor qo'l ostidagi ettita o'yinda Tottenxem 5 ta mag'lubiyat, bitta g'alaba va bitta durang qayd etdi.



