Tomas Tuxel "Man Yunayted"ni boshqarishni orzu qilmoqda

Administrator
6 mar 2024, 22:25
"Bavariya"dagi omadsizlikdan so'ng murabbiy Angliyaga qaytmoqchi.

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ayni damda "Manchester Yunayted"ni boshqarishni orzu qilmoqda. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri ma'lum qildi. Shu bilan birga, Tuxel "Chelsi"dan keladigan taklifga ham rozi bo'lishga tayyor. 

"Chelsi" egasi Todd Bouli ham Tuxel bilan yangi bitim bo'yicha muzokara o'tkazishi mumkin. Bouli jamoaning holati Tuxel bilan hozirgidan ancha yaxshi bo'lganini anglab turibdi. 

Ma'lumot uchun, Tuxel "Chelsi"ni 2021-2022 yillarda boshqarib borib, YCHLni qo'lga kiritgandi.


AdministratorMuallif
Manba: Bild