Ter Shtegen APLga ko'chib o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
18 okt 2025
Germaniyalik 33 yoshli darvozabon Mark-Andre Ter Shtegen faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Manbalarning ma'lum qilishicha, Ter Shtegen yanvar oyida "Nyukasl"ga o'tishi mumkin. Germaniyalik darvozabon ijara asosida APLga ko'chib o'tadi. Bundan tashqari, darvozabonga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ter Shtegen "Barselona" safida 2014 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Darvozabon belidagi jarohat tufayli iyun oyidan buyon maydonga tushmayotgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk