

Bugun Suriya terma jamoasi Toshkentga yetib keldi. Saytimiz vakillari Shahboz Beg'amov, Zoir Tursunboev va Jahongir Fayzullaev bilan Bernd Shtange boshchiligidagi terma jamoa mashg'ulotini yoritishni maqsad qildik. Dastlab O'FA matbuot xizmati Suriya soat 20:00da "Jar"da mashg'ulot o'tkazishini ma'lum qildi. Biz aytilgan vaqtdan 20 daqiqa avval "Jar"ga yetib bordik. Biroq stadion xodimlari bu yerda mashg'ulot bo'lmasligini "Paxtakor"ga borishimiz kerakligini aytishdi. "Paxtakor" stadioniga 19:55da yetib bordik. Biroq bu yerda ham Suriya terma jamoasi yo'q edi. "Paxtakor" stadioni xodimlari mashg'ulot qoldirilganini ma'lum qilishdi.
Shu tariqa bo'lajak raqibimiz bugun mashg'ulot o'tkazdimi yoki yo'qmi xabarimiz bo'lmadi. Nima uchun bunday vaziyat yuzaga kelganiga ochig'i tushunmadik.

Tolibjon Qosimov



