Superliga. "Surxon" OKMKga qarshi o'yinda 90+6-daqiqada urilgan supergol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Оқил Абдубарноев
8 apr 2026
Superliganing 6-turidan o'rin olgan OKMK – "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga. 6-tur

OKMK - “Surxon” 1:1

08.04.2026

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Ërdamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

VAR: Ahrol Rizqullaev

AVAR: Roziyabonu Yusupova

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 1:0 – 3, Nodirbek Abdurazzoqov (Asadbek Sobirjonov), 1:1 – 90+6, Stefan Chinedu (Doston Tursunov).

◻️"OKMK": 35. Javohir Ilyosov, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 44. Abror Karimov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 22. Saidafzalxon Ahrorov, 5. Giorgi Papava (S), 88. Siavash Haqnazariy, 28. Arixiro Sentoku (18. Rian Islomov, 77), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (8. Abubakr Rizo Turdialiev, 90+3), 10. Asadbek Sobirjonov (16. Naoaki Senaga, 77), 9. Aziz Xolmurodov (27. Urosh Koyich, 77).

Zaxira: 23. Hamidullo Abdunabiev, 3. Shahzod Toirov, 4. Mirjamol Qosimov, 11. Ali Abdurahmonov, 13. Eldorbek Begimov.

🟨"Surxon": 86. Davron Merganov, 66. Behruz Shaydulov, 2. Behruzjon Karimov, 7. Doston Tursunov, 3. Behruz Jumatov (26. Behruz Shukurullaev, 72), 4. Nodirxon Nematxonov, 6. Behzod Shamsiev (39. Mirmahmud Mirusmonov, 80), 8. Humoyun Sherbo'taev (14. Tohirjon Ashuboev, 63), 18. Behruz O'ktamov (17. Sarvar Abduhamidov, 46), 10. Sunnatulla Abdullajonov (11. Richard Fraydey, 63), 9. Stefan Chinedu.

Zaxira: 22. Javohir Jo'raev, 25. Otabek Boymurodov, 21. Tornike Dzebniauri, 19. Farruhjon Qodirov.

Ogohlantirishlar: Arixiro Sentoku (29), Doston Tursunov (70), Mirmahmud Mirusmonov (84)

90+6. GOL! CHINEDUDAN SUPERGOL! Jarimadan uzatilgan to'pni "Surxon" hujumisi "qaychi" uslubida raqib darvozasiga joyladi.

90+4. Jarimadan uzatilgan to'pni Shukurullaev bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilashga urindi, ammo omad undan yuz o'girdi.

90+3. OKMKda o'zgarish.

90+2. GOL! Abdurazzoqov yana bir marotaba o'z nomini tabloga yozdirdi, ammo gol ofsayd sababli inobatga olinmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

86. Fraydey tepgan to'pni Ilyosov egalladi.

81. Mirusmonov raqib jarima maydonida ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi va darvozabonni nishonga oldi. U bir daqiqa ilgari maydonga tushgandi. Hakam VAR orqali chetlatishni muhokama qildi va sariq kartochka ko'rsatdi.

80. “Surxon”da o'zgarish.

77. OKMKda uch o'zgarish.

76. Abduhamidovning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

74. Fraydeyning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasiga O'lmasaliev blok qo'ydi.

72. “Surxon”da o'zgarish.

70. Tursunov simulyaciya uchun ogohlantirildi.

67. Zarba! Abdurazzoqovning jarimadan yo'llagan zarbasi ustun va to'sin kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi.

63. “Surxon”da ikki o'zgarish.

60. Karimovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

59. Chinedu ofsaydda qolib ketdi.

53. Abdurazzoqovning jarimadan uzatmasini Merganov mushti bilan urib yubordi. Keyinchalik Sentokuning zarbasini ikkinchi urinishda egalladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Surxon”da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Xolmurodov raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini ma'lum qildi.

41. Burchak uzatmasidan so'ng Merganov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, ammo keyinchalik xatosini to'g'riladi.

40. Nematxonov raqib futbolchisining xavfli uzatmasini yo'qqa chiqardi.

37. Chinedu yana bir qulay vaziyatga chiqdi, ammo to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

33. Xavfli vaziyat! Chinedu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda uni aldab o'tib, noaniq zarba yo'lladi.

29. Sentoku raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

26. O'lmasalievning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

23. Chineduning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

20. Burchak uzatmasidan keyin Chineduning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

14. Abdurazzoqovning burchakdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

12. Sobirjonovning standartdan uzatmasi Merganovning qo'llariga borib tushdi.

10. Abdurazzoqovning navbatdagi zarbasini Merganov bu gal o'tkazmadi.

3. GOL! Sobirjonovning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov bosh bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

1. O'yin boshlandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia