Sulsher nima sababdan MYUga bosh murabbiy bo'lmadi?

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
Ole-Gunnar Sulsherning bir qancha shartlari "Manchester Yunayted"ga maqul kelmadi.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, agarda u muvaffaqiyatli mavsum o'tkazsa, navbatdagi mavsumda ham jamoani boshqarishini istagan. Biroq klub rahbariyati buni istamagan va 2026 yil yozigacha shartnoma taklif qilgan.

Shuningdek, 2021 yilda iste'foga chiqarilgan Sulsherning yana qayta tayinlanuvini "Yunayted"dagilar ortga qadam tashlash deb hisoblagan.

Yakunda klub Maykl Kerrik nomzodida to'xtagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports