

"Klubimiz Amadni bir necha yildan buyon kuzatib borayotgandi. Uning o'yinlarini ko'p bora ko'rdim va shunga amin bo'ldimki, u Yevropaning eng yaxshi, iqtidorli yosh futbolchilaridan biri.
"Manchester Yunayted" shunday futbolchilarni rivojlantirayotganidan xursand. Amad o'zini ko'rsata olishi uchun bu yerda barcha imkoniyatlar mavjud.
Unga moslashish uchun vaqt kerak. Uning tezligi, driblingi, maydonni ko'ra olishi buni tezlashtira oladi. Amadda "Manchester Yunayted"ning asosiy futbolchisi bo'lishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud", - dedi murabbiy.



