Suares diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2025
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares 1/8 finalning ikkinchi o'yinida (3:1) "Neshvill" himoyachisi Endi Najarga zarba bergani uchun MLS pley-off o'yinida qatnasha olmadi.

MLS intizom qo'mitasi bayonotida garchi o'yinda unga qarshi hech qanday qoidabuzarlik qilinmagan bo'lsa ham, Suaresning 71-daqiqadagi tajovuzkor xatti-harakati diskvalifikaciyaga sabab bo'lganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Suares noma'lum miqdorda jarimaga tortildi.

Seriyada hisob - 1:1. Ushbu raqiblar o'rtasidagi 1/8 finalning uchinchi o'yini 9 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mlssoccer.com