Stipe Perica "Neftchi" tarixiga kirdi

Iskandarov Abdulaziz
10 mar 2026
Xorvatiyalik hujumchining "Neftchi"dagi starti ajoyib bo'ldi.

Legioner hujumchi Superliganing 2-turida "Surxon"ga qarshi o'yinda dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, forvard dubl qayd etgan "Neftchi" tarixidagi 50-futbolchiga aylandi. Bu borada rekord klub afsonasi Anvar Berdievga tegishli bo'lib, u 31 marotaba dublga erishgan. Mustaqil O'zbekiston chempionatlari tarixidagi jamoaning ilk dubli Evgeniy Matveevga tegishli. 

1992 yildan 2025 yilga qadar farg'onaliklar futbolchilari 200 ta dubl qayd etishgan, bu 49 nafar futbolchi ishtirokida yuz bergan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати