Sten Krenke: "Vengerga ishonganchalik hech kimga ishonmayman"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013
"Arsenal" xo'jayini Sten Krenke jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerga to'liq ishonishini ta'kidlab o'tdi.
O'zining aytishicha, u fransiyalik ushbu mutaxassisga ishonganchalik hech kimga ishona olmas ekan.

"Men Vengerga ishonganchalik hech kimga ishonmayman. U o'z ishini juda ajoyib tarzda eplay olyapti. "Arsenal"ning o'yin darajasi to'g'ri yo'nalishda o'sib boryapti. Undan tashqari Arsen unga nisbatan bo'layotgan har qanday bosimni engib o'ta olyapti", dedi Krenke.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru