Spalletti: "Faqat Ikardi haqida gapirishdan mano yo'q"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2019, 18:32
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Yevropa ligasi 1/16 final javob o'yini doirasida "Rapid" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (4:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz bir hafta oldingidan kamroq xatolar qildik. Lekin, buni Ikardining yo'qligi bilan izohlamagan bo'lardim. Muvaffaqiyatimizga to'g'ri burchakdan qarash kerak. Jamoa o'z ustida ishlayapti va yo'qotishlar miqdorini kamaytirmoqda.

Hamma vaqt faqat Ikardi haqida gapirishdan mano yo'q. Keling, maydonda bo'lgan o'yinchilar haqida gaplashaylik. Ular yugurishdi, o'ynashdi. O'yinimizda pasayishlar kamayishi uchun stabillikni oshirishimiz kerak", - dedi Spalletti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sport Italia