

O'shanda portugaliyalik maydon chimidan ko'ngli to'lmagan edi.
"Ronalduni hurmat qilgan holda shuni aytaman, uning fikriga qo'shilmayman. Chim sifati yaxshi. Buning ustiga, ushbu chim o'yinlarga va Konfederatsiyalar Kubogining ochilish marosimiga dosh berdi.
JCH-2018ga tayyorgarlik jarayonida maydon chimi sifatiga alohida e'tibor beriladi. Biz bu muammoni Vitaliy Mutko bilan birga muhokama qildik. Gap faqat 12 stadion haqida emas, balki mashg'ulot bazalari, o'yinoldi mashg'ulot maydonlari haqida ketdi" - deydi Sorokin.



