Son Xyon Min MLS klubiga rad javobini berdi

Alisher Ostonov
6 iyul 2025
"Tottenxem" forvardi Son Xyon Min "Los Anjeles"ga o'tishdan bosh tortdi.

32 yoshli koreyalik boshqa takliflarga ham tayyor va London klubini tark etishi mumkin.

Son Xyon Min o'tgan mavsum 46 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Tottenxem" bilan shartnoma 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sun