"So'g'diyona" Ukraina klubi bilan durang o'ynadi

Mirjalol Normatov
8 fev 2023, 00:12
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan "So'g'diyona" bugun Ukrainaning "Metallist" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi bo'limda kuchli shamol sabab o'yin biroz qiyin kechdi. Hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning 82-daqiqasida ukrainaliklar hisobni ochishga erishishdi. 84-daqiqadayoq Elyor Orifov hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa uchrashuv 1-1 hisob bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi

"So'g'diyona" - "Metallist" 1-1

Gollar: Elyor Orifov (84) - Kartushov (82).

So'g'diyona tarkibi: Milan Mitrovich, Marko Kolakovich, Tarik Isich, Alisher Salimov, Bobur Yuldoshev, Iskandar Shaykulov, Xislat Xalilov, Sanjar Shoaxmedov, Jasur Xasanov, Javoxir Qaxramonov, Jenan Zaymovich


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати