"So'g'diyona" bosh murabbiyi iste'foga chiqarilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
21 mar 2026
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoaning O'zbekiston Superligasidagi qoniqarsiz ishtiroki sababli o'z lavozimini tark etishi mumkinligi aytilmoqda.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

Ma'lumot uchun, jizzaxliklar yangi mavsumning dastlabki 4 turida muxlislar ishonchini oqlay olmadi va atigi 1 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi – bu esa turnir jadvalida keskin pasayishga va rahbariyatning haqli etirozlariga sabab bo'lmoqda. Natijalarning bu qadar salbiy ko'rinish olishi murabbiylar shtabida tezkor va jiddiy o'zgarishlar amalga oshirilishiga zamin yaratmoqda. 

Hozircha klub matbuot xizmati ushbu ehtimoliy iste'fo yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqmagan bo'lsa-da, yaqin kunlarda Boshkovichning jamoadagi kelajagiga to'liq oydinlik kiritilishi kutilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia