Sofascore. Shomurodov sheriklari orasida eng yaxshisi

Khoja
29 sen 2025, 08:40
Turkiya Superligasi 7-turida "Bashakshexir" "Konyaspor" (1:2) mehmoni bo'ldi.

"Bashakshexir"da Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, Abbos Fayzullaev esa 64-daqiqadan maydonda ko'rinish berdi. Qayd etish kerakki, terma jamoamiz sardori 57-daqiqada jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Sofascore nashri Eldor Shomurodovga 7,7 baho qo'ydi. Zaxiradan maydonga tushgan Abbosbek Fayzullaev esa 6,5 bahoga loyiq ko'rildi.


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com