Sofascore. "Bani Yas" mag'lub bo'ldi. Mozgovoy necha baho oldi?

Khoja
12 sen 2025, 08:43
FIFA kunlaridan so'ng BAA chempionati ham davom ettirildi.

Musobaqaning uchinchi turida "Bani Yas" "Shabab al Ahli" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mehmonlar safida O'zbekiston MTJ a'zosi Akmal Mozgovoy asosiy tarkibda maydonga tushdi va 79-daqiqada zaxiraga olindi.

Sofascore nashri Akmalning harakatlariga 6,8 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com