Sinayoko "Manchester Yunayted"ga o'tadi

Alisher Ostonov
28 dek 2025
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Mali terma jamoasi va Fransiyaning "Oser" klubi 26 yoshli hujumchisi Lassin Sinayoko bilan shartnoma imzolamoqchi.

Sinayokoning francuz klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Shundan so'ng, forvard MYUga erkin agent maqomida o'tishi mumkin.

Sinayoko butun faoliyati davomida "Oser" sharafini himoya qilgan. Futbolchi joriy mavsum klub safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Africa Foot