

"Men o'ynashni xohlayman. "Valensiya" - tarix juda ham buyuk klub. Bu yerda ajoyib jamoa yig'ilgan. Klub men uchun eng a'lo variant edi. Shuning uchun shu yerdaman. Eng muximi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'laman. Men "Barselona"da ekanimda ter Shtegen yuqori darajada emasdi. 3 yil o'tib esa dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biriga aylandi. "Barselona"da zaxirada o'tirganimdan ko'ra, bu yerda o'ynaganim yaxshi", - deydi Sillessen.
Sillessen "Barselona"dan tashqari "NEK" va "Ayaks" klublarida to'p tepgan.
Posbon yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushgan.
Gollandiyalik darvozabon 2013 yildan buyon terma jamoa sharafini himoya qiladi.




