"Sho'rtan" Tojikiston klubi bilan murosa ko'chasini tanladi
Оқил Абдубарноев
14 fev 2026
G'uzorning "Sho'rtan" klubi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Tojikistonning “Xo'jand” jamoasi bo'ldi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa faol va tartibli o'yin namoyish etdi. Garchi bir nechta golli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, tomonlar darvozalarni ishg'ol eta olmadi va bellashuv golsiz durang bilan yakunlandi.