

O'tgan yilning iyul oyida "Sho'rtan" futbol klubining G'uzordagi qarorgohi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun zaxira o'rinlari sifatida kovid markaziga aylantirilgan edi. Ortda qolgan davr mobaynida mazkur qarorgoh ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan, ammo bo'sh turgan bo'lsa-da klub tasarrufiga qaytarib berilmayapti.
Ma'lum bo'lishicha, "Sho'rtan"ning asosiy tarkibi ayni paytda klub akademiyasining yotoqxonasiga joylashtirilgan. Bu holat jamoaga 2022 yilgi licenziyalash talablarini bajarish uchun halaqit bermoqda.



