Shomurodovning murabbiyi Klaudio Raneri "Kalyari"ni tark etadi

Оқил Абдубарноев
22 may 2024
72 yoshli mutaxassis faoliyatini yakunlashi mumkin.

Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri "Kalyari"ni tark etadi. Klub 72 yoshli mutaxassisning mavsum yakunida bosh murabbiylikdan kyetishini e'lon qildi. Manbaning qayd etishicha, Raneri murabbiylik faoliyatini yakunlashi mumkin.

A Seriyaning so'nggi turi oldidan Raneri boshchiligidagi "Kalyari" 15-o'rinda bormoqda va keyingi mavsumda ham chempionatda qolishni kafolatlagan. Eslatib o'tamiz, mazkur jamoada o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: cagliaricalcio.com