Shiddatli kechgan bahsda o'smirlarimiz Marokashni mag'lub etishdi

Khoja
18 mar 2026
Ayni kunlarda O'zbekiston U17 terma jamoasi Marokashda yig'in o'tkazmoqda.

Bugun Sergey Chigodaev shogirdlari Marokash o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 4:3 hisobida o'smirlarimizning g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoamiz safida gollarga Laziz Abduraimov va Suhrob Sadirjonov mualliflik qilishgan. Har ikki futbolchimiz ushbu bahsda dubl qayd etishdi.

Marokash 3:4 O'zbekiston 

Gollar: Sadirjonov 19', 47', Abduraimov 34', 50' - Marokash 42' (penalti), 88', 90'



KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA