"Sherif" murabbiysiz qoldi. Hammasiga MYU aybdor

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022
Yevropa Ligasi doirasidagi "Sherif" – "Manchester Yunayted" uchrashuviga bir kun qolganda Moldova klubi murabbiysiz qoldi.

To'rt oy oldin klub boshqaruviga kelgan Stepan Tomas Manchesterga uchishidan bir necha soat oldin iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

Bunga "Yunayted"ga qarshi o'yin sabab bo'lgan ko'rinadi. "Sherif" mavsumda ilk bor Moldova chempionatida "Petrokub"ga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi va Tomas shunday dedi: "Aftidan, futbolchilar Manchestyerdagi o'yin haqida o'ylashgan. Diqqat-e'tibor jamlanmagandi – bu mening xatom".

Qizig'i, "Sherif" "Petrokub"dan olti ochkoga ilgarilab ketgan holda chempionatdagi peshqadamlikni davom ettirmoqda.

"Old Trafford"dagi o'yinda klubni kim boshqarishi hozircha aniq emas.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: moldfootball.com