Shayx "Manchester Yunayted" bo'yicha navbatdagi yurishni amalga oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 may 2023, 15:50
Qatarlik shayx Jassim bin Xamad Al Tani "Manchester Yunayted"ni sotib olish bo'yicha yangi taklif yubordi.

Bu safargi raqamlar avvalgisidan ancha farq qiladi. Taklif klub akciyalarini 100% sotib olish, "qizil iblislar"ning barcha qarzlarini yopish, shunindek, MYU ehtiyojlari uchun fond yaratishni o'z ichiga oladi.

Avvalroq, Al Tani "Manchester Yunayted" uchun 5 milliard evro taklif qilgandi - bu futbol tarixidagi rekord hisoblanadi. Shayxning raqobatchisi esa britaniyalik milliarder Jim Retkliff hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: BBC Sport