Shavkat Yusupov: "Shu tempda davom etishga harakat qilamiz"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2025
Proliga 14-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Jayxun" (5:2) uchrashuvidan so'ng "FarDU" jamoasining bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo barchani bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Tomoshabop o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi, darvozalarga ettita gol urildi. Shu tempda davom etishga harakat qilamiz.


- O'tkazib yuborilgan golda darvozabon xatosi bordek ko'rindi.

- Birinchi golda raqib futbolchisi o'z mahoratini namoyish etdi. U jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi. Darvozabonimiz bunday zarabani kutmagandi.


- Keyingi turda jamoangiz "Olimpik" mehmoni bo'ladi.

- "Olimpik" - yosh jamoa. Futbolchilari ancha mehnatkash. Og'ir o'yin kutmoqda deb aytsa bo'ladi. Safarda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia