"FarDU" nazorat o'yinida javobsiz ettita to'p kiritdi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2026
Pro liga ishtirokchisi – "FarDU" nazorat bahsida Birinchi liga vakili "Barkamol" futbol klubi ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

O'yin davomida to'liq tashabbusga ega bo'lgan universitet jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol yo'lladi. Uchrashuvda R. Ayvazov xet-trik qayd etgan bo'lsa, N. Karimov, SH. Yoqubov, R. Havasov va M. Komilovlar ham o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ФарДУ матбуот хизмати