"Shanxay SIPG" va Odil Ahmedov Avstraliyaga uchib ketdi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2020
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi qishki yig'inni Avstraliyada o'tkazadi.

Shanxayliklarning yig'in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazishadi. Hozircha ushbu bahslardagi raqiblar nomi ma'lum emas.

"Shanxay SIPG" legionerlari (Xalk, Marko Arnautovich, Oskar va Odil Ahmedov) bilan birga bugun tongda Sidneyga uchib ketdi.









Eslatib o'tamiz, "Shanxay SIPG" 28 yanvar kuni OCHL pley-off uchrashuvi doirasida bahs o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sina.com