"Navbahor" yetakchilaridan biri klub bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2024, 11:04
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Namangan klubini tark etdi.

Futbolchi instagramdagi sahifasida shunday so'zlarni yozib qoldirdi: "Barcha "Navbahor" klubi xodimlari, muxlislari va rahbarlariga o'tgan bir yil uchun katta rahmat".

O'tgan mavsum 28 yoshli futbolchi Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

Oldinroq unga Qarshining "Nasaf" klubi qiziqayotgani haqida xabar ham chiqqan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia