Shakiri: "Liverpul"ga "Bavariya" tushganidan xursandman"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 16:10
"Liverpul" yarim himoyachisi Shyerdan Shakiri "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final bahsidan oldin nemis grandidagi o'yinini esga oldi.

"Bizga "Bavariya" tushganidan xursandman, chunki eski jamoam bilan o'ynab, sobiq jamoadoshlarim bilan uchrashishni xohlagan edim. Germaniyada ajoyib 2,5 yilni o'tkazdim, ko'plab sovrinlar yutdik, Chempionlar ligasini ham.

Bu "Bavariya" tarixidagi eng yaxshi jamoa edi. Sabrsizlik bilan ikkinchi o'yinni kutyapman va o'z jamoam bilan Myunxenda g'alabaga erishmoqchiman" - deydi Shakiri.

"Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasidagi ilk o'yin 19 fevral kuni, javob uchrashuvi esa 13 martda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo