Seriya A. "Lacio" Neapolda "Napoli"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2026
Italiya Seriya A musobaqasining 33-turi doirasida "Napoli" hamda "Lacio" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvni Luka Cufferli boshqarib bordi. O'yinning 6-daqiqasidayoq rimliklar hujumchisi Matteo Kanchelleri hisobni ochdi. 31-daqiqada mehmonlar hisobni oshirishlari mumkin edi, biroq Mattia Dzakkani penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida yarim himoyachi Toma Bashich o'z imkoniyatidan foydalanib, rimliklarning ustunligini mustahkamladi.

Ushbu mag'lubiyatga qaramay, "Napoli" 66 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni saqlab qolmoqda. "Lacio" esa ochkolari sonini 47 taga etkazib, 9-pog'onaga ko'tarilib oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia