

A Seriya turnir jadvalida "Inter" 64 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyin kelayotgan "Milan" hisobida 54 ochko bor. "Napoli" va "Roma" 50 ochkodan jamg'argan holda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni band etgan.
Sam Beukema 18-daqiqada gol urib, neapolliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, "Atalanta" ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirdi. Mario Pashalich 61-daqiqada, Lazar Samarjich esa 81-daqiqada to'p kiritib, bergamoliklarning uch ochkoni qo'lga kiritishlariga yordam berdi.
22 fev 2026, 19:00
Atalanta — Napoli

2 – 1
Tugadi



"Milan" kutilmaganda o'z uyida "Parma"ga mag'lub bo'ldi. G'alaba golini argentinalik himoyachi Mariano Troilo 80-daqiqada urdi.
22 fev 2026, 22:00
AC Milan — Parma

0 – 1
Tugadi



Rimliklar ikkinchi bo'limda "Kremoneze" darvozasiga uchta to'p kiritishdi. Gollarga Brayan Kristante (59-daqiqa), Evan Ndika (77) va Nikkolo Pisilli (86) mualliflik qildi.
23 fev 2026, 00:45
Roma — Cremonese

3 – 0
Tugadi






