Sensaciya! Parij derbisida "Parij" g'alaba qozondi va PSJ Kubokni tark etdi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2026, 03:11
PSJ o'z hamshahariga imkoniyatni boy berib, Kubok bilan xayrlashdi.

Fransiya Kubogining 1/16 finali doirasida PSJ o'z maydonida "Parij" klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Park-de-Prens" stadionida kechgan bahs kutilmagan natija bilan yakunlandi.


Uchrashuvning 74-daqiqasida Jonatan Ikone tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga g'alaba keltirdi va amaldagi yulduzli tarkibni musobaqadan chiqarib yubordi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia