Semeno faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variantni tanladi

Alisher Ostonov
21 dek 2025, 14:28
"Bornmut"ning 25 yoshli hujumchisi Antuan Semeno qishki transferlar davridayoq boshqa klubga o'tishi mumkin.

Futbolchiga "Manchester Siti”, "Manchester Yunayted" va "Liverpul” klublari davogarlik qilmoqda.

Hujumchining o'zi faoliyatini mersisaydliklar safida davom ettirishni o'zi uchun ustuvor vazifa sifatida tanladi.

Semeno joriy mavsum "Bornmut" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Guardian