

Kuvayt bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotlarda Odil Hamrobekov hamda Farruh Sayfievlar ishtirok etishmadi. Kecha mashg'ulotda qatnashmagan Abduvohid Ne'matov bugun umumiy guruhda shug'ullandi.
Bugun terma jamoaga chaqirilgan Umar Eshmurodov hali terma jamoa tasarrufiga yetib kelmagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Kuvayt bahsi 9 oktyabr kuni "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 18:00da start oladi.



